Transport vazirligi aviachipta narxi nimaga bog‘liq ekanini aytdi

Samolet Uzbekistan Airways
Samolet Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vazirligi aytishiga qaraganda aviachiptalar qimmatligiga asosan kerosinning qimmatligi sababchi ekan.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi mutaxassislari Milliy aviakompaniya chiptalari narxi qanday omillarga bog‘liq ekanini aytib berdi, O‘zA xabariga asosan.  

"Aviachiptalar narxining 30-40 % kerosin bilan bog‘liq. Bizda u yetarlicha bo‘lmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi 1200 dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga ko‘ra “Uzbekistan Airways” kompaniyasi o‘zi uchun kerosinni sotib olmoqda", – deydi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektoshev. – 

Shuningdek O‘zbekiston havo yo‘llarida chiptalar narxini tushirish uchun O‘zbekiston Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritish kerakligi qayd etildi. Ushbu o‘zgrishlar qonuniylashtirilsa – bagaji bo‘lmagan va ovqatlanmaydigan yo‘lovchilar uchun yo‘lkira haqi - 20 % pasaytirilishi mumkin bo‘lar ekan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 27-noyabrda imzolangan prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi bir necha tashkilotlarga bo‘lingan edi. Xususan “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” AJ va boshqalar.

Ushbu o‘zgarishlardan so‘ng bugungi kunda O‘zbekistond hududidagi 11 ta xalqaro aeroportda xorijiy aviakompaniyalar uchun kerosin sotish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Chet el aviakompaniyalariga kerosin yangi, arzonlashtirilgan narxda sotilmoqda, 890 dollar atrofida.

Yangiliklar lentasi
0