O‘zbekiston xalqaro tanlovda ikki nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFestival "Xunarmand"
Festival Xunarmand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil tanlovga Xitoy, Rossiya, Abxaziya, Armaniston, Bolgariya, Belarus, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 700 dan ziyod material kelib tushgan.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyaning Orenburg shahridagi “Divo Eurasia” foto, video va animatsiya III Xalqaro turistik festivalida O‘zbekiston ikki nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Lisa v stepi Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro ajratadi

“Madaniy-tarixiy maskanlar” nominatsiyada O‘zbekistonning “Qo‘qon – hunarmandlar xazinasi” loyihasi birinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, “Turistik yo‘nalishlar. Shaharlar” nominatsiyasida esa “Buxoroga xush kelibsiz!” loyihasi ikkinchi o‘rinni egalladi”, - deyiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, bu yil tanlovga Xitoy, Rossiya, Abxaziya, Armaniston, Bolgariya, Belarus, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 700 dan ziyod material kelib tushgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0