Toshkentda ilk bor GFC musobaqasi o‘tkazildi. UFC chempioni Habib Nurmagomedov sport musobaqasining tashkilotchilardan biri va faxriy mehmoni bo‘ldi.
Janglardan so‘ng, Nurmagomedov o‘zbekistonliklarga samimiy mehmondo‘stligi, tashkilotchilarga – musobaqa tashkilashtirish uchun yordami, ishtirokchilarga esa – g‘alaba qozonish istagi uchun minnnatdorchilik bildirdi.
“Men rostini aytsam, bir oz shok holatidaman. 2012-yildan beri ishtirok etaman, MMA boshqa turnirlar bilan solishtirishim mumkin. Bugun sportchilar tomonidan namoyish qilingan mahorat UFC’da ko‘rganlarimdan past emas. Tashkilotchilarga, birinchi navbatda mamlakat rahbariyati ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun, alohida aralash san’at jang assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarovga minnatdorchilik bildiraman. Har bir mamlakatning o‘z chempionlari va qahramonlari bo‘lishi kerak va buning uchun shunga o‘xshash musobaqalar tashkil etiladi”, - deb ta’kidladi Habib Nurmagomedov.
U O‘zbekiston yoshlariga g‘alabalar tilab, kelajakdagi barcha jangchilarni astoydil mashq qilishga va o‘z kuchlariga ishonishga chaqirdi. U faqat oilasi va do‘stlari, doimiy mashg‘ulotlar unga dunyoni zabt etishga va chempion bo‘lishga yordam berganini misol tariqasida keltirdi.
Toshkentdagi birinchi GFC oqshomida 12 ta jang o‘tkazildi. O‘zbekiston sharfini 7 nafar jangchi himoya qildi, ulardan besh nafari g‘alaba qozondi. Habib Nurmagomedov amakisining o‘g‘li – Umar ham chempionlik kamarini himoya qildi. U birinchi raundda argentinalik raqibini mag‘lub etdi. Endi yosh jangchi o‘z faoliyatini UFC’da davom ettiradi.