Toshkent ko‘chalarida Yevropacha yo‘l belgilari paydo bo‘lishi mumkin

© GUVD g. TashkentaV Tashkente ustanovili neobichniy dorojniy znak
V Tashkente ustanovili neobichniy dorojniy znak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiya kompaniyasi Toshkentda Yevropaga xos bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi belgilarini tatbiq etishi mumkin.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Toshkentda Italiya kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘l belgilari ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqida shahar hokimligida xorijiy mehmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Italiyaning “SI.SE” kompaniyasi mutaxassislari, Toshkent shahrida yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishgan. O‘z navbatida hokimlik vakllari yangi yo‘l belgilarini ayrim hududlarda sinov tariqasida joriy etishni taklif qilishgan.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov, turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i S.Tojiyev, transport boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayev hamda Italiyaning “SI.SE” kompaniyasi mutasaddilari, Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti, palataning Toshkentdagi vakillari ishtirok etishgan.

Ma’lumot uchun, Italiyaning “SI.SE” kompaniyasi yo‘llardagi harakatni tartibga solish belgilarini o‘rganish, tayyorlash va amalga kiritish bo‘yicha 40-yillik tajribaga ega. Yevropa mamlakatlari bilan ushbu yo‘nalishda 25-yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0