Termizda Turkiya bilan hamkorlikda tibbiy diagnostika markazi ochildi

© MinzdravV Termeze otkrilsya noviy diagnosticheskiy sentr
V Termeze otkrilsya noviy diagnosticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatiga qo‘shni Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining fuqarolari tibbiy xizmat olish uchun kelishmoqda.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Termizda Turkiyaning “Kani-med” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy tibbiy diagnostika markazi ochildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Markaz 300 turdan ortiq laboratoriya tahlillarini bajarish imkoniyatiga ega. Endilikda, murkkab laboratoriya tahlillarini bajarish uchun Toshkentga borishning hojati yo‘q. Qolaversa, tahlil javoblari ham o‘sha kunning o‘zida fuqaroning elektron manzili yoki mobil telefoniga yuboriladi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qo‘shma korxona tashkil qilish uchun viloyat oftalmologiya shifoxonasiga qarashli bo‘lgan bino investitsiya va ijtimoiy shartlar evaziga “Kani-med” kompaniyasiga berilgan. Shuningdek loyihaga 2 million AQSh dollariga yaqin investitsiya kiritilib 30 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan.

© MinzdravOtkrilsya diagnosticheskiy sentr v Termeze
Termizda Turkiya bilan hamkorlikda tibbiy diagnostika markazi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Otkrilsya diagnosticheskiy sentr v Termeze

Yangi tibbiy muassasa ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Erlar ishtirok etishgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Termizda tibbiy turizm ildam rivojlanmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga qo‘shni Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining fuqarolari tibbiy xizmat olish uchun kelishmoqda. Shu sababli so‘nggi yillarda Termizda xususiy tibbiy klinikalar soni 230 taga yetgan va ushbu sohaga chet ellik investorlar ham qiziqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0