Rossiya oliygohlarini abituriyentlarni noqonuniy qabul qilishda ayblashdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonda oliy ta’lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmay turib, abituriyentlardan hujjat qabul qilgan.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Rossiya oliygohining beshta filialini abiturentlardan noqonuniy ravishda hujjat qabul qilishda aybladi.

Davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlangan bo‘lsada, xorijiy oliygoh filiallari abituriyentlardan hujjat qabul qilishni davom ettirmoqda. Ular O‘zbekiston hududida oliy ta’lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega emas.

Ro‘yxatga quyidagi oliygohlar kiritilgan:

  • Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti
  • Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofitserlar huquqi instituti
  • “Tadbirkorlik oliy maktabi” xususiy oliy ta’lim muassasasi
  • “Sharqiy-Yevropa instituti” xususiy oliy ta’lim muassasasi
  • “Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti” nodavlat oliy ta’lim muassasasi va boshqalar.

Idora nodavlat ta’lim tashkiloti sifatida Ta’lim inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmagan nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emaslinini eslatgan.

Kelgusi yili kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘ladi – DTM izohi

Hozirda Rossiyaning 20 dan ziyod oliygohlari O‘zbekiston hududida hujjat qabul qilish uchun akkredatsiyaga ega.

Yangiliklar lentasi
0