O‘zbekiston Tojikistonga 1 mln dollarlik telekommunikatsiya qurilmalarini yetkazib beradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie v servernoy.
Setevoe oborudovanie v servernoy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imzolangan shartnoma “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya qurilmalarini “Tcell” kompaniyasi ehtiyojlari uchun yetkazib berishni nazarda tutadi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “O‘zbektelekom” AK ishtirokida tashkil etilgan “Telecom Devices Pro” korxonasi “Indigo Tojikiston” YoAJ (Tcell savdo markasi) bilan 1 million dollarlik shartnoma imzoladi.

“O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, imzolangan shartnoma “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya qurilmalarini “Tcell” kompaniyasi ehtiyojlari uchun yetkazib berishni nazarda tutadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “O‘zbektelekom” AK va Tojikistonning eng yirik uyali aloqa operatori “Indigo Tojikiston” YoAJ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

“Telecom Devices Pro” MChJ 2012-yilda tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyat turi - telekommunikatsiya qurilmalari, elektr jihozlari va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish.

Yangiliklar lentasi
0