TIV Orenburgdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 noyabr kuni Rossiyaning Orenburg viloyatida ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yirik YTHga uchradi. YTH oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Orenburgdagi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Orenburgdagi yirik YTHda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘ldi

Mamlakatning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan, 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Yana bir 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orenburgdagi yirik YTHda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0