TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Ukraina Oliy radasi sobiq deputati Nadejda Savchenko 2023-yilda Ukrainaning yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Savchenkoning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlarini sotish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Ukraina davlatchiligiga chek qo‘yadi. U deputatlar bu qonunning ehtimoliy xatarlarini anglab turishgani, shunga qaramasdan uni qabul qilishni rejalashtirishayotganini ta’kidlagan.
“Ozodligimiz bo‘lmaydi, hayotimiz bir tiyinga qimmat bo‘ladi”, - deb hisoblaydi siyosatchi.
Savchenko Oliy rada xonalari eshiklariga qonundan voz kechish chaqiriqlari bitilgan plakatlar yopishtirib chiqqanini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, deputatlar qarshilikni his qilishlari lozim.
“Agar ushbu qonun haqiqatdan ham qabul qilinsa, men sizga 2023-yilda Ukraina kabi davlat dunyo xaritasida bo‘lmasligini aytib qo‘yay. Mana ko‘rasiz, ular bu ishni qilishadi”, - deya qayd etgan u.
O‘tgan hafta Rada birinchi o‘qishda 2020-yilning oktabridan qishloq xo‘jaligi yerlarini sotish bo‘yicha moratoriyni bekor qiluvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi. Qishloq xo‘jalik yerlarini sotish bo‘yicha moratoriy Ukrainada 14-yildan beri amal qilib keladi.