IIV rahbariyatida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV tuzilmasida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan ikki nafar vazir o‘rinbosari, YHXBB, MvaFRBB, PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik.  O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

General-mayor Ikromov Azizbek Isroilovich O‘zbekiston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Polkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxo‘jayevich ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-moliya va moddiy texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 2018-yil iyunidan buyon Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 2018-yil oktabridan Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Polkovnik Saidov Olim Choriqulovich IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Unusobod tuman ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, ungacha — Toshkent viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari va Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Polkovnik Ulug‘bek Muhamedov Toshpo‘latovich IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ilgari u prezident administratsiyasida mutasaddi xodim bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mudofaa vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0