"Dunyo bo‘ylab poyga": Britaniyaning ommabop shousi epizodlari O‘zbekistonda suratga olinadi

Race Across the World
Race Across the World - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Dunyo bo‘ylab poyga" (Race Across the World) realiti-shousining epizodlari O‘zbekistonda tasvirga olinadi. Shou 2020-yilning boshida ekranlarga chiqishi mo‘ljallanmoqda

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. O‘zbekistonda Buyuk Britaniyada dong‘i taralgan "BBC Two" telekanali orqali namoyish etilgan "Dunyo bo‘ylab poyga" (Race Across the World) realiti-shousining epizodlarini tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
“Titan Travel”: O‘zbekiston 2020-yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakat

Tasvirga olish ishlari bloger va jurnalist Nikita Makarenko tomonidan tashkillashtirilgan.

"Dunyo bo‘ylab poyga" - yangi sarguzasht formatidagi shou bo‘lib, u nafaqat sayohatlarga, balki turli mamlakatlar madaniyatiga ham bag‘ishlanadi. Loyiha 8 qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri 40 daqiqadan iborat. Bir necha jamoa samolyotdan foydalanmagan holda, Daniyadan Singapurga uyushtirilgan poygada mukofot uchun kurash olib boradi. Belgilangan marraga birinchi bo‘lib yetib borgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

Shou ishtirokchilari Kopengagen-Singapur reysi aviachiptasi narxiga teng miqdordagi pulga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, ular butun dunyo bo‘ylab istalgan usulda sayohat qilishlari mumkin: piyoda, avtomobilda, velosipedda, qayiqda, avtobusda, paromda, motosiklda, otda, tuyada.

Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston eng yaxshi madaniy-tarixiy turistik yo‘nalish sifatida e’tirof etildi

Realiti-shouda barcha qarorlar mustaqil ravishda qabul qilinadi. Ular shuningdek mobil telefonlarga ham ega emas, Internet va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish mumkin emas.

O‘zbekistondagi epizod somkalari bir hafta davom etadi. Jamoalar o‘z sayohatlarini Kopengagendan boshlagani bois har birining O‘zbekistonga yetib kelish vaqti turlicha bo‘ladi.

"O‘tgan shouda namoyish qilingan O‘zbekiston Buyuk Britaniyada misli ko‘rilmagan qiziqishga sabab bo‘ldi. Mamlakat haqida Tvitterda ommaviy ravishda yoza boshlashdi, aksariyat bu yerga kelish istagini bildirgan", - deydi Makarenko.

​Loyihada 60 nafarga yaqin kishi band. Tasvirga olish guruhini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan tashqari, joylarda barcha davlat organlari tasvirga olish ishlarida zarur yordamni ko‘rsatishmoqda. Shouning ekranlarga chiqishi 2020-yilning boshiga mo‘ljallangan bo‘lib, u Daniyaning TV2 telekanalida namoyish qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0