YeXHT: O‘zbekistonga OAV vakillarini himoya qiluvchi ombudsmen kerak

© BERTRAND GUAY / AFPArlem Dezir
Arlem Dezir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston OAV vakillari himoyasi sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.  

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. YeXHT O‘zbekistonda OAV erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda TIV.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov YTHda halok bo‘lgan jurnalist oilasiga hamdardlik bildirdi

Xususan, YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha maxsus vakili Arlem Dezir o‘z hisobotida O‘zbekistonda OAVni rivojlantirishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilinayotganini, OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida turli tabirlar tashkil etilayotganini va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda prezident huzuridagi Axborot va OAV agentligi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning YeXHTdagi vakili Sherzod Asadov ham O‘zbekistonda so‘z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida hikoya qilib berdi.

Xususan, elchi OAV sohasida qonunchilikni takomillashtirish, blogerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda jurnalistlar manfaatini himoya qiluvchi ombudsmen lavozimini kiritishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston so‘z erkinligi borasida YeXHT bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu tashkilot vakillari bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0