Habib Nurmagomedov: sportchi bo‘lmaganimda, ehtimol pomidor sotuvchisi bo‘lardim

© Sputnik / Anton DenisovTrenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova
Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yengli vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning orzularidan biri O‘zbekistonda o‘z sport yo‘nalishida maktab tashkil qilish.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib, talabalar bilan muloqot qildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi telegram kanalida xabar berilmoqda.

Habib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedovni Toshkent aeroportida tantanali kutib olishdi

Talabalar chempionga "Sportchi bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz?", - degan savol bilan murojaat etdilar.

Habibning aytishicha, sportchi bo‘lmaganida, ehtimol pomidor sotuvchisi yoki uni yetishtiruvchi bo‘lgan bo‘lardi. MMA jangchisining bu gaplaridan so‘ng zalda kulgu ko‘tarildi.

"Qanday kasb egallashimdan qat’iy nazar mehnat qilishdan to‘xtamasdim. Sportda erishgan yutuqlarim ham mashaqqatli mehnat natijasi, deb hisoblayman. Inson mehnat qilishdan qochmasligi, o‘z ustida ishlashdan chekinmasligi kerak", - degan Nurmagomedov.

U, shuningdek, orzulari haqidagi savolga ham javob bergan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov v Tashkente
Habib Nurmagomedov: sportchi bo‘lmaganimda, ehtimol pomidor sotuvchisi bo‘lardim - Sputnik O‘zbekiston
Xabib Nurmagomedov v Tashkente

"Oldinga qo‘yilgan maqsadlar ko‘p, lekin orzular marraga yaqinlashganing sayin o‘zgarib borar ekan. Shundaylaridan biri o‘z maktabimni yaratish. Jumladan, O‘zbekistonda ham o‘z sport yo‘nalishimda maktab tashkil qilish ham o‘rin olgan", - deb aytgan sportchi.

Tadbir so‘ngida sportchi eng yaxshi savol egalariga o‘z esdalik sovg‘alarini topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, yengil vaznda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov 20-noyabr kuni Toshkentga kelgan edi. Uni muxlislari qanday kutib olishgani haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling >>>

Yangiliklar lentasi
0