NATO o‘z tezkor faoliyati yangi yo‘nalishlaridan biri - kosmos bo‘lishi haqida NATO bosh kotibi Yens Stolbenberg e’lon qilgandi. Lekin hozircha kosmosda qurol joylashtirish haqida aytilmadi.
“AQSh milliy hududidan tashqarida barcha harbiy harakatlari amalga oshirishga intilmoqda. Sal oldin amerikaliklar kosmosni harbiylashtirishga istagi haqida razvedka belgilari ko‘ringan. Ular uchta yo‘nalishda: geotsentrik harbiy harakatlar teatri (yerga yaqin va kiber hududda 36 ming kilometrgacha balandlikda), Yerning elektromagnit va tortishish maydonini, shuningdek mavjud bo‘lgan iqlim betartibligini nazorat qilish uchun qutblarni boshqarish”, - dedi Jilin Sputnik radio efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar razvedka ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, Vashington va NATO siyosati aynan shunga qaratilgan, va bu insoniyat uchun haqiqiy tahdid mavjudligini anglatadi.
“Donald Tramp prezidentlik muddati boshida, AQSh yangi jismoniy tamoyillarga asoslangan qurollarni yaratishga e’tibor qaratayotganini aytdi. Xavfsizlik xizmatlari uni darhol to‘xtatishdi, boshqa bu haqda hech kim og‘iz ochmadi. Shunga qaramay, ochiq axborot makonida razvedka belgilarini tahlil qilib, xavotirli xulosalar qilinadi: yadro quroli bola g‘ingshishi kabi ko‘ringanida, bu falokat bilan tugashi mumkin”, - deb xulosa qildi mutaxassis.