Markaziy Osiyo mamlakatlari axloq yo‘qolishi holatiga to‘qnash keldi — Jeenbekov

© Pravitelstvo KRSooronbay Jeenbekov
Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov dinlarga bag‘ishlangan anjumanda so‘zga chiqdi. Tadbirda Rossiyadan delegatsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari din vakillari ishtirok etgan

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo respublikalari axloq yo‘qolishi va axloq normalarining yo‘qolishi singari holatlarga duch kelishdi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov "Ala-Archa"da o‘tkazilgan "Pravoslav dini va islom - jahon dinlari" mavzusidagi xalqaro anjumanda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

11 oktabrya 2019. Zasedanie Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

Davlat rahbari anjumanda Rossiyadan yirik delegatsiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari din vakillari ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Jeenbekovga ko‘ra, MO davlatlari mustaqil bo‘lgani bilan, madaniy qadriyatlar va yagona diniy birlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Mintaqa mamlakatlarining mentaliteti o‘xshash, dedi u.

"Taassufki, oxirgi o‘n yilliklarda bizning mamlakatlarimiz ma’naviy qadriyatlar o‘rniga moddiy qadriyatlar ketidan quvish, axloq yo‘qolishi, axloq va etika normalarining ko‘tarilishi singari holatlarga duch kelishdi", - dedi Qirg‘iziston rahbari.

Jeenbekov ushbu salbiy omillarni yengib o‘tish uchun mintaqa mamlakatlari birgalikda, muvofiqlashtirilgan holda harakat qilishlari va yuqori axloqga ega jamiyatni qurishlari kerakligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0