TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Qozog‘istonning Chimkent shahrida qurilayotgan bino qulashi oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston mamlakat IIV FVQ matbuot xizmatiga asosan.
Hodisa bugun mahalliy vaqt soat 15:30 da sodir bo‘ldi.
Shahar tumanlardan birida umumiy maydoni 1 500 kvadrat metr bo‘lgan binoning devor va tom qulab tushdi.
Hodisa joyiga kelgan “tez yordam” vayronlar ostidan jarohatlangan ishchilarni olib chiqdi.
“Barcha ishchilar – 1996, 1981, 1989, 1979, 1978 va 1986-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari. Hodisa joyida kinologiya xizmat qidiruv ishlarni amalga oshirdi, vayronalar ostida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.
Voqea joyiga uch dona o‘t o‘chirish texnikasi, sakkiz nafar qutqaruvchi, tezkor-qutqaruv bo‘linmasi ikkita texnikasi va kinologiya guruhi yetib keldi.