O‘zbekistonliklar ichki organlarini Qozog‘istonda sotishgan

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishXirurg
Xirurg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston IIV xabariga ko‘ra, mamlakat hududida inson a’zolari transplantatsiyasi sohasida jinoiy guruh faoliyat yuritgan. Pulga muhtoj bo‘lgan o‘zbekistonliklar, qirg‘izistonliklar va ukrainlar o‘z buyraklarini sotishgan.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qozog‘istonda politsiya xodimlari Chimkent shahridagi 1-sonli kasalxona bosh shifokori Abilay Donboyni qo‘lga olishdi. U JKning ikki moddasi bo‘yicha: transmilliy jinoiy guruhda ishtirok etish va inson ichki a’zolarini noqonuniy olishda gumonlanmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Sudga qadar surishtiruv davomida 2017-2018 yillarda mamlakat hududida inson a’zolari transplantatsiyasi sohasida jinoiy guruh noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangan. Guruh tarkibiga boshqa davlat fuqarolari ham kirgan.

Donor sifatida moddiy sharoiti og‘irligi tufayli o‘z a’zolarini sotishga majbur bo‘lgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari jalb etilgan. Ichki a’zolarni xorijiy davlatlarning, asosan Isroilning o‘ziga to‘q kishilari sotib olishgan.

Tergovda Abilay Donboy jinoiy guruh a’zolari bilan til biriktirib, katta pul evaziga ichki a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha noqonuniy jarrohlik amalotlarini o‘tkazgani aniqlangan.

Avvalroq mazkur ish doirasida transplantolog shifokor Gani Kuttimuratov va jinoiy guruhning yana bir a’zosi Qirg‘iziston fuqarosi Taysalova B.T. hibsga olingan.

Hozirda jinoyat ishini oxiriga yetkazish va sudga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0