Toshkentda Habib ukasining jangi bo‘ladi, ammo uning raqibi o‘zgardi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv
Press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 23-noyabr "Xumo Arena" sport majmuasida birinchi rasmiy MMA aralash yakkakurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Toshkentda Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar va rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Nikita Chistakov o‘rtasida jang bekor qilindi.

Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olish niyati haqida gapirdi

Bunga rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Nikita Chistakovning sog‘lig‘i sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novostiga Chistakovning menedjeri Aleksandr Skaredin ma’lum qildi.

“Nikita Chitakov sog‘lig‘i sababli Umar Nurmagomedov bilan jang o‘tkaza olmaydi. Nikita Tailanda, u yerda tayyorgarlik ko‘rgan jangchilar singari, konyunktivit epidemiyasiga uchradi”, - dedi Skaredin.

Endi Umar Nurmagomedovning raqibi argentinalik jangchi Brayn Gonzalez bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 23-noyabr "Xumo Arena" sport majmuasida birinchi rasmiy MMA aralash yakkakurash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0