TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Tayyib Erdo‘g‘on AQShga tashrifi davomida amerikalik hamkasbi Donald Trampga Anqara Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi tizimini sotib olish qarorini o‘zgartirmasligini bildirgan.
“Biz Trampga S-400 bo‘yicha ortga qadam qo‘ymasligimizni aytdik. U bilan masalani hal qilib olishga kelishdik. Men yana bir bor qanday qilib S-400ni sotib olishga kelganimizni tushuntirdim va u bizning haqligimizni tan oladi”, - deya Turkiya yetakchisi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
Anqaraga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi Turkiya va AQSh munosabatlariga sovuqchilik tushirdi. Amerika Turkiyaga bir necha marta po‘pisa qildi. Biroq Turkiya bu tahdidlarga parvo qilmasdan S-400 xarid qildi. Ta’kidlanishicha, Anqara xarid qilgan Rossiya ZRM 2020-yilda to‘liq harakatga keltiriladi.