Afg‘onistonda 200dan ortiq jangarilar hukumatga taslim bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda yaqinda ko‘lga olingan 200dan ortiq jangarilarning aksariyati Pokiston fuqarolari bo‘lib chiqdi.

Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida 200dan ortiq jangarilar qurollarini topshirib hukumat kuchlariga taslim bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“ID*ning 225 nafar erkaklari, 190 nafar ayollari hamda 208 nafar bolalar hukumat kuchlariga taslim bo‘lishdi”, - dedi Nangahar viloyati gubernatori Shamaxmod Miaxgil.

Gubernator aytishiga qaraganda, taslim bo‘lganlarning aksariyati Pokiston fuqarolaridir. Ushbu hodisa hukumat kuchlari olib borgan samarali harbiy muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va NATO harbiy kuchlarining Afg‘onistonda bo‘lgan vaqtida mamlakat hududining yarmidan ko‘pi terrorchi jangarilar qo‘l ostiga o‘tib ketgan. Bu yerda deyali har kuni turli teraktlar va hujumlar oqibatida tinch aholi qurbon bo‘lmoqda.

*ID - Rossiyada ta’qiqlangan "Islomiy davlat" terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0