Nessar: Afg‘onistonga munosabat tahdidlar darajasiga bog‘liq bo‘ladi

© © iz lichnogo arxiva Omara NessaraOmar Nessar
Omar Nessar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Afg‘oniston shimolidagi vaziyat nima sababdan yomonlashish mumkinligi va Kobul va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik darajasining oshishi MO mamlakatlari qo‘rquv va xavotirlarini olib tashlashga qanday yordam berishi borasida fikr bildirdi.

Uchrashuv Tojikiston uchun ham, O‘zbekiston uchun ham, umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim natijalarga ega bo‘ladi.

Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar vaziyatni Kobuldagi siyosiy inqiroz chuqurlashtirishi mumkinligini aytdi. Hozirda vaziyat Afg‘onistondagi prezident saylovlari sababli yetarli darajada keskinlashgan va bundan ko‘plab guruhlar foydalanishi mumkin.

“Afg‘oniston, afsuski, mana ko‘p yillardirki qo‘shni davlatlar tomonidan tahdid o‘chog‘i sifatida qabul qilinmoqda, va bunday xavotirlar asoslidir”, - dedi Omar Nessar Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda.

Shu bilan birga mamlakatlar hamkorlikni davom ettirmoqda va ushbu fakt mavjud bo‘lgan vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

O‘zbekiston, shubhasiz, yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda, biroq boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan farqli o‘laroq o‘z kuchlariga tayanadi. Shunga qaramasdan, respublika Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishga tayyor. Lekin buning hammasi terrorchilik xavfining keyingi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, deya xulosa qildi ekspert.

Quyidagi podkastda ekspertning to‘liq fikrini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Nessar: otnoshenie k Afganistanu budet zaviset ot urovnya ugroz
Yangiliklar lentasi
0