TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofesi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda partiya liderlari va OAV vakillari ishtirok etishmoqda. Muloqotda XDP rahbari Ulug‘bek Inoyatov so‘nggi kunlarda o‘z chiqishida bildirgan fikrdan shov-shuvga aylangan mavzuga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men o‘z fikrimda qat’iy qolaman, ya’ni 2,5 million so‘m 5 kishidan iborat oilaning bir oylik iste’mol savatchasining Oziq-ovqat qismini qoplashga yetadi”, - dedi Inoyatov.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Inoyatov 10-noyabr kuni Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “Demokratik debat”da Toshkentda 2,5 million so‘m oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin, degan fikrni bildirgan edi. Shundan so‘ng bu jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Biroz o‘tib XDP vakili Inoyatovning 5 kishilik oilaga 2,5 mln so‘m oylik yetarli degan gapiga izoh berib, Inoyatov 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganda oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagani, balki faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutganini ma’lum qilgan edi.