TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Angliyaning yettinchi divizionida ishtirok etadigan “Naniton Boro” darvozaboni penaltini juda yomon amalga oshirdi. R-Sport xabariga asosan.
"Stratford Taun" bilan uchrashuvda mezbonlar 11 metrlik jarima zarbasini darvozabon Toni Bridinga ishonib topshirishdi.
Futbolchining zarbasi darvoza tepasiga o‘tib, stadionning lampasiga borib urildi va uni to‘g‘ri muxlislar ustiga qulatdi.
https://t.co/ktTymPLr7d pic.twitter.com/Xfhc7BYu1X
— nick (@NickDillam) 16 noyabrya 2019 g.
Internet muxlislari bu penaltini “tarixdagi eng yomon penalti” deb atashdi.
Hech kim jarohatlanmadi. “Naniton” jamoasi 2:0 hisobda g‘alab qozondi.