Har kim tunda ko‘chada yurishga haqli – Senat izohi

© SenatLyuboy imeyet pravo gulyat nochyu: skandal s iznasilovaniyem v Karshi - otvet Senata
Lyuboy imeyet pravo gulyat nochyu: skandal s iznasilovaniyem v Karshi - otvet Senata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tunda yurish zo‘ravonlik qurboni bo‘lishga sabab bo‘ladi degani emas - Senat ayrim "tarbiyachilarga" javob qaytardi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Nomusi toptalgan qashqadaryolik ayol masalasi Senat nazorati  ostida, deb xabar qilmoqda Senat matbuot xizmati.

Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangan ayol ishiga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Qarshi shahrida 5 nafar fuqarolar tomonidan zo‘rlangani Postda.uz nashrida xabar qilingan edi. O‘sha xabarda “e’tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan. Bu ham oilada tarbiya masalasiga e’tiborsizlikdan biri emasmi?”, - degan so‘zlar bor edi.

Voqeadan keyin ham ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘ldi. Ayrim fuqarolar maqola muallifining ushbu qarashiga xayrixohlik bildirishdi.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bu holatni faqat ana shu omil bilan bog‘lash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi.

“O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida har bir fuqaro xoh tun, xoh kunduz bo‘lsin, ko‘chada yurishi taqiqlanmagan, shuningdek hech kim birovning axloqsizligini ro‘kach qilib, uni o‘zboshimcha jazolashga haqqi yo‘q,”- deyilgan qo‘mita bayonotida.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, bu ayol o‘z oilasini boqish istagida umumiy ovqatlanish joylaridan birida ofitsiant bo‘lib ishlagan va uyiga qaytayotgan vaqtda ayrim niyati buzuq shaxslar tomonidan tahqirlangan.

Shu bilan birga Senat bayonotida masalaga bunday tor ma’noda yondashish O‘zbekistonda tunda yurish zo‘ravonlik qurboni bo‘lishga sabab bo‘ladi degan mutlaqo noto‘g‘ri qarashlarning shakllanishiga hamda respublikada qonun ustuvorligi haqida yanglish fikr paydo bo‘lishiga olib keladi, degan.

Yangiliklar lentasi
0