Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Toshkentda yig‘ildilar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKonsultativnaya vstrecha ministrov inostrannix del Sentralnoaziatskix gosudarstv proxodit v uzbekskoy stolitse
Konsultativnaya vstrecha ministrov inostrannix del Sentralnoaziatskix gosudarstv proxodit v uzbekskoy stolitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda yig‘ildilar

TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Bugun, 15-noyabr kuni, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Toshkent shahrida yig‘ildilar. "Beshlik"ning to‘planishidan asosiy maqsad - 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan MO yetakchilari uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdir, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vstrecha glav gosudarstv Sentralnoy Azii v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari Toshkentda uchrashadi - OAV

Uchrashuv davomida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov qo‘shni respublikalar tashqi ishlar vazirlarini samimiy qutlar ekan, ular oldida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan MO davlatlari yetakchilari uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilish, xususan, hujjatlar bo‘yicha ishlarni yakunlash singari ishlar turganini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu uchrashuvda diplomatlar mintaqaviy hamkorlik va rivojlanish istiqbollari masalalarini ko‘rib chiqib, xalqaro kun tartibi bo‘yicha fikr almashadilar.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining ikkinchi norasmiy sammiti Toshkent shahrida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. MO yetakchilari uchrashuvi kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo, iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Prezidentlar shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik va qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Shu bugun Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalarning o‘rni singari masalalarni o‘z ichiga olgan "Markaziy Osiyo - umumiy uyimiz" xalqaro konferensiyasi ham bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0