XDP “Milliy tiklanish” ustidan prokuraturaga murojaat qildi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylov oldi tomoshalari davom etmoqda:  XDP “Milliy tiklanish”partiyasi ustidan prokuraturaga murojaat qildi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekistonda parlament sayloviga bir oydan sal ko‘proq vaqt qolganda saylovoldi bahslar avjiga chiqmoqda.Bugun ma’lum bo‘lishicha, XDP “Milliy tiklanish” ustidan prokuraturaga murojaat qilgan.

O‘zXDP Markaziy Kengashi Maqsuda Vorisovaning sha’ni va qadr-qimmatini qonunchilikka muvofiq himoya qilishni so‘rab, tegishli tartibda Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat yo‘lladi, - deyilgan rasmiy xabarda.

Sabab - bir necha kun oldin “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rasmiy nashri o‘z gazetasida “O‘zXDP a’zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlar partiyasi yetakchisi Gennadiy Zuganovga qanday “qarindosh”ligi bor” degan kollaj suratli anons chop etgani bo‘lgan.

Shuningdek, “milliy qadriyat va an’analarni yuksak darajada qadrlashi va himoya qilishi”ni o‘z shiori deb e’lon qilgan Milliy Tiklanish partiyasi tomonidan o‘zbek xalqi yuksak darajada qadrlaydigan ayol va ona sha’nini pisand qilmayotgani hayratlanarli deb yozgan XDP.

Yangiliklar lentasi
0