TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 14-noyabr kuni imzolangan farmoni bilan 2020-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
- Farmonga ko‘ra, 2020-yilda 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Undan tashqari 2ta dam olish kuni boshqa kunga ko‘chirildi:
- 4 yanvar – shanba 2-yanvar – payshanbaga
- 29 avgust – shanba 31-avgust – dushanbaga
2020 yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi, - deyilgan farmonda.
Shuningdek, prezident farmonida viloyat, shahar va tuman hokimlari uzaytirilgan bayram kunlarida aholi samarali dam olishi uchun tizimli choralar ko‘rishi kerakligi aytib o‘tilgan.