O‘quvchilarning bilim darajasi xalqaro tizim bo‘yicha baholanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti vo vremya uroka
Deti vo vremya uroka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonning 70 ta umumta’lim maktablaridan 2,8 ming nafar o‘quvchi o‘zbek-amerika loyihasi doirasida boshlang‘ich sinfda o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadi.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktabiga eng ko‘p Sergeli maktablari o‘quvchilari kirgan - vazir

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu tadqiqotlar vazirlik tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir.

EGRA va EGMA tadqiqotlari mamlakatning 12 viloyatida 7 tilda hamda ingliz tilida olib borilishi rejalashtirilgan.

Sinovning asosiy maqsadi har bir til uchun vositalarni sinab ko‘rish, ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek ushbu tillarda imtihon topshirish amaliyotini sinab ko‘rishdan iborat

2020 yilning may oyida O‘zbekiston maktablarida to‘liq tadqiqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotlar 10 kun davomida tasodifiy tanlangan 940 ta maktabda o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga 11,28 mingta 2-sinf va 4-sinf o‘quvchilari qamrab olinadi. Sinovlarda har bir sinfda 12 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.

EGRA va EGMA tadqiqotlarining yakuniy natijalari 2020-yilning avgust oyida e’lon qilinadi.

EGRA va EGMA tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0