Shavkat Mirziyoyev chorvachilik sohasini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSelektornoe sobranie posvashennoe problemam jivotnovodstva
Selektornoe sobranie posvashennoe problemam jivotnovodstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada bir talay bo‘sh yerlar turgan vaqtda, mollar uchun 70 % ozuqa import qilinmoqda - prezident chorvachilik sohasini tanqid qildi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Kecha, 13-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilish boshida prezident O‘zbekistonda chorvachilik sohasi umumiy hisobda samarali tizimga ega emasligini qayd etib o‘tdi.

Mamlakatimizda chorva ozuqasiga bo‘lgan talab 120 million tonnani tashkil etadi, ammo o‘tgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Butun dunyoda chorvani oziqlantirishda asosan silos va omuxta yem  ishlatiladi. Yangiyo‘l tumanida takroriy ekin sifatida makkajo‘xorining intensiv navidan gektariga 50-60 tonna silos olinganda uning 1 kilogrammi tannarxi bor-yo‘g‘i 150 so‘mni tashkil etgan. Vaholanki, 1 kg sheluxaning bozordagi narxi 2 ming so‘mdan oshadi. Ya’ni, shrot-sheluxaga nisbatan 10 baravar arzon ozuqani bemalol chorvadorlarning o‘zi yetishtirsa bo‘ladi.

Fermerskoe xozaystvo - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli qoramol olib chiqishni ta’qiqladi

Shu bilan birga bo‘sh turgan yerlardan chorva uchun ozuqa navli bug‘doydan gektariga 100 sentnergacha hosil olish mumkin. Biroq Sirdaryoda 16 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,5 ming gektar ekin maydoni g‘alladan keyin bo‘sh qolib ketmoqda, dedi prezident.

Natijada mollar uchun 70 % ozuqa import qilinmoqda. 2019-yilning 10 oyida 80 million dollarga 160 ming tonna soya va kungaboqar shroti, 14 million dollarga 80 ming tonna makkajo‘xori import qilindi. Tarmoq korxonalariga bu yil ozuqa uchun 137 ming gektar o‘rniga amalda 5 ming gektar yer berilgan, xolos.

Shuningdek prezident naslchilik muammosida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mahalliy chorva mollari 20 ming so‘mlik ozuqa-yem bilan kuniga 900 gramm tirik vazn olsa (500 gramm go‘sht), zotli mollar 1, 6 kilogrammgacha (900 gramm go‘sht) vazn oladi. Ayni paytda, O‘zbekistonda mavjud qoramollarning bor-yo‘g‘i 34 foizi zotlidir.

Danilovskiy rinok v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht iste’mol qilish bo‘yicha O‘zbekiston kimdan orqadayu kimdan oldinda?

Qoramollarning 94 foizi, qo‘y va echkilarning 84 foizi, parrandaning 58 foizi aholi xonadonlarida boqiladi.

Mahalliy bir bosh sigirdan sog‘ib olinadigan sut yiliga 2,5 tonnadan oshmayapti. Har biri 2-3 ming dollardan import qilingan naslli sigirlar 35-40 litr sut berishi lozim bo‘lsa-da, chorvadorlarga bunday jonzotlarni parvarish qilish sir-asrorlari o‘rgatilmagani bois mahsuldorlik o‘rtacha 25 litrdan oshmayapti.

Chorvaning to‘g‘ri ratsionini ishlab chiqish, zamonaviy veterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar yetarli emas. Oqibatda fermerlarimiz chet eldan veterinar va zooinjenerlar jalb qilib, ularga 3-4 ming dollardan oylik to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

Korovi cherno-pestroy porodi na plemennom zavode  - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht narxi nega oshdi – rossiyalik mutaxassislar javobi

Yig‘ilishda qayd etilganidek, texnologiya asosida chorvani so‘yish tizimli yo‘lga qo‘yilmagani terining sifati buzilishiga olib kelyapti, bundan esa charm-poyabzal sanoati ham zarar ko‘rmoqda.

Undan tashqari yig‘ilishda parrandachalik, baliqchilik, quyonchilikni rivojlantirishda duch kelinayotgan muammolar, ozuqa-yem ishlab chiqarish, ipak qurti parvarishi, elita urug‘lar ishlab chiqarish sohalaridagi muammolar ham ko‘rib chiqildi.

Selektor yig‘ilishining batafsiz bayonoti bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0