TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Buxoroda Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni o‘tayotib, u yerdan qochgan shaxs qo‘lga olindi.
16 Avgust 2019, 14:43
Buxoro viloyati IIBB xabariga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13-noyabr kuni qo‘lga olingan. U O‘zbekiston JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.
Qochib ketgan mahbus 9-oktabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Xabarda jinoyatchi Samarqand viloyat IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgani qo‘shimcha qilingan.