TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, konsert dasturidan avval Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatri foyesida O‘zbekistonning madaniy merosi va xalq hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
© Ministerstvo kulturi UzbekistanaKonsertdan avval Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatri foyesida O‘zbekistonning madaniy merosi va xalq hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Konsertdan avval Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatri foyesida O‘zbekistonning madaniy merosi va xalq hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
© Ministerstvo kulturi Uzbekistana
So‘ng katta konsert uyushtirildi. Unda Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov, "Maqom", "Toshkent zebolari" ansambllari va boshqa iste’dod egalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
© Ministerstvo kulturi UzbekistanaOzoda Nursaidova
Ozoda Nursaidova
© Ministerstvo kulturi Uzbekistana
Konsert dasturidagi chiqishlar tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.