TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilkin Qirg‘izistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz As-Saud va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid al-Naxayonga sovg‘a qilgan lochinlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar vazirligi xabar qilishicha, 8-noyabrda Bishkekda Kobilkin va Qirg‘iziston atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligi direktori Mirslav Amanqulov atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Kobilkin Qirg‘izistonning vakolatli xizmatlariga mas’uliyatli missiya o‘z vaqtida malakali bajarilgani, “Muras” Rossiya-Qirg‘izston lochin markazidan Saudiya Arabistoni podshohi va Abu-Dabi valiahd shahzodasiga lochinlarni sovg‘a qilish uchun ruxsatnomalar berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Lochinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqqa amalga oshirilgan rasmiy tashrifi paytida taqdim etdi.
Ikkila lochin Issiq-ko‘ldagi “Muras” markazida yetishtirilgan.