Firibgarlikda ayblanayotgan “Human” agentligi direktori ozodlikdami?

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishOxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii
Oxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda fuqarolarning 1,67 milliard so‘mdan ziyod pulini yeb ketgan agentlik direktoriga nisbatan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi va uning ozodlikda ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. IIV Tergov departamenti “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ  rahbarining ozodlikda ekanligi va jarblanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmaganligi iddao qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Xabarda qayd etilishicha, shu kabi da’volar assosiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Dastlabki tergov davomida Sh.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda u IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplanishini ta’minlash maqsadida, Sh.Fayzullayev firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, shuningdek o‘zlashtirib yuborilgan va sarflangan pul mablag‘larni aniqlab, ularni xatlash choralari ko‘rilmoqda.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
“Human” agentligi direktori firibgarlikda gumonlanmoqda

Xabarda agentlik rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etayotgani va tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi qo‘shimcha qilingan.

Tergov departamenti fuqarolardan norasmiy ma’lumotlarga ishongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etishdan o‘zlarini tiyishni hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha berib boriladigan rasmiy ma’lumotlarga asoslanishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini to‘xtatilgan. Agentlik direktoriga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik fuqarolarni 1,67 milliard so‘mga chuv tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0