
Oʻtgan yili Oʻzbekiston harbiy xarajatlari 1,4 milliard dollardan oshdi. 10 yilda yangi qurol sotib olish xarajatlari 6-7 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.
Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya (Global Firepower reytingi) hisoblanadi.
Oʻzbekiston quruqlikdagi qoʻshinlari 420 dona tank, 1 215 dona piyoda askarlar uchun moʻljallangan jangovar mashina, 137 dona oʻziyurar artilleriya quroli, 98 dona raketa majmualari bilan qurollangan.
Rossiya bu texnikani modernizatsiya qilishga yordam beradi.