O‘zbekistonda eng ko‘p korxonalar Xitoy va Rossiya ishtirokida ochildi

© Gazeta "Namanganskaya pravda"Farmatsevticheskoe predpriyatie v Namanganskoy oblasti
Farmatsevticheskoe predpriyatie v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda shu yil 10 oyida Xitoy Xalq Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida – 491 ta, Rossiya Federatsiyasi – 414 ta korxona ochildi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 10 oyida eng ko‘p korxonalar Xitoy va Rossiya ishtirokida ochildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida aytilgan.

Spetsialist mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday Aleksandr Lomanov - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi rashk uchun sabab emas – rossiyalik ekspert

Yozilishicha, 2019-yilning yanvar-oktabr oylarida  xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 2 804 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 905 taga ko‘paygan.

Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar (1 522 ta yoki jamidagi ulushi 54,3 %), Toshkent viloyati (257  yoki  9,2 %) va Surxondaryo viloyatlari (145 ta yoki 5,2 %) hissalariga to‘g‘ri keladi.

Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (30 ta  yoki  1,1 %),  Sirdaryo  viloyati (43 ta yoki 1,5 %) va Xorazm viloyati (56 ta yoki 2,0 %) hissalariga to‘g‘ri keladi.

2019-yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning davlatlar kesimidagi soni: Xitoy Xalq Respublikasi rezidentlari kapitali   ishtirokida – 491 ta, Rossiya Federatsiyasi – 414 ta, Turkiya – 372 ta, , Qozog‘iston – 278 ta va Koreya Respublikasi – 186 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0