Hindistonda besh kishini o‘ldirgan bin Lodin laqabli fil ushlandi

Obuna bo‘lish
Hindistonning Assam shtatida besh kishining umriga zomin bo‘lgan fil ushlandi. So‘nggi besh yil davomida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Hindistonning Assam shtatida besh kishini o‘ldirgan fil ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.

Amurskiy leopard na dereve - Sputnik O‘zbekiston
Timsoh va qoplon o‘rtasida o‘lja uchun shiddatli jang videosi

Oktabr oyida fil qishloqda besh kishini o‘ldirdi. Bir oy davomida qishloq aholisi uydan chiqishga qo‘rqishgan.

Filni ushlash operatsiyasi dushanba kuni amalga oshirildi. Endi ushlangan fil tabiat qo‘riqxonasiga topshiriladi.

NDTV kanalining xabar berishicha, 2006-yilda "Al-Qoida" terrorchilik faoliyati kuchayishi munosabati bilan bin Lodin laqabini darg‘azab fillarga berish amaliyoti boshlandi.

Xususan, xuddi shu laqabli bitta fil o‘nlab odamlar umriga zomin bo‘lgandi, bu fil otib o‘ldirildi.

Statistikaga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. 2011-yildan beri fillar o‘limi soni 700 ga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0