Bosh prokuratura fuqaro Akbarovaning videomurojaati yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishMujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva
Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan fuqaro M.Akbarovaning yo‘llagan videomurojaati yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Bosh prokuratura internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro M.Akbarova tomonidan e’lon qilingan videomurojaati yuzasidan bayonot berdi.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
MIB, aliment va maosh: Bosh prokuratura yangi hujjat tayyorladi

Unda aytilishicha, M.Akbarova huquqni muhofaza qiluvchi organlardan prokuratura xodimi Raxmatullayev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSh dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishlikni so‘ragan.

"Aniqlanishicha, JIB Yangiyo‘l tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sh.Raxmatullayevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSh dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019-yil mart oyida Majburiy ijro burosi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan 13,8 mln. so‘m undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSh dollari hozirgi kundagi davlat kursi bo‘yicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 mln. so‘mdan qolgan 96 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda to‘liq ta’minlangan.

Fuqaro Sh.Raxmatullayev haqiqatda 2000-yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan", - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0