Bosh prokuratura bo‘lka non narxi oshish sababini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksandr KrajevXleb
Xleb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat tomonidan un narxini yillar davomida sun’iy past darajada ushlab turish natijasida sohada ko‘plab muammolar paydo bo‘lgan.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda qolipli non narxi oshishi aholi orasida keng muhokama qilinayotgani va aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani tufayli, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Bo‘lka non naxi oshishiga asosiy sabab - Davlat tomonidan don va un sotib olish narxini sun’iy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechib, unni erkin bozor narxida sotish siyosatiga o‘tish sabab bo‘lgan.

Davlat tomonidan ushbu qadamni qo‘yishga bir necha sabablar bo‘lgan:

  • davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish;
  • don va un mahsulotlari bozorida erkin bozor mexanizmlarini joriy etish;
  • fermerlar va don korxonalarining iqtisodiy zarar ko‘rishini oldini olish;
  • sohada korrupsiyani kamaytirish;
  • ko‘rsatilayotgan yordam adresatga yetib bormayotgani va boshqalar. 

Prokuratura xabarida aytilishiga ko‘ra, oldingi tartib sohada korrupsiya rivojlanishiga va dehqon xo‘jaliklari inqirozga uchrashiga olib kelgan.

“Ko‘p yillar davomida amal qilib kelgan mazkur tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini arzon narxli qolipli nonga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat bo‘lishi bilan birga, turli korrupsiyaviy sxemalarning vujudga kelishiga, arzon narxlarda sotib olingan undan qolipli non ishlab chiqarmasdan unni bozorlarda sotish orqali mo‘may daromad olinishiga, mahalliy unning aholiga qat’iy o‘rnatilgan davlat narxlarida yetib bormasligiga olib kelgan”, - deyligan xabarda.

Undan tashqari, non narxi oshishiga yana Yoqilg‘i, energetika va gaz narxining yildan-yilga oshib borishi ishlab chiqarilayotgan un va non tan narxi qimmatlashuvi ham sabab bo‘layotgani qayd etilgan. Xususan, 2017 yilda un ishlab chiqaruvchi korxonalarga 1 kVt soat elektr energiyasi narxi 204,3 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2019 yilga kelib 450 so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0