Valday klubi ishtirokchilariga Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bizning asosiy maqsadimiz – Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan, tinchlik va hamkorlik hududiga aylantirishdir - Shavkat Mirziyoyevning Valday klubi ishtirokchilariga murojaati.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Valday klubi anjumani ishtirokchilariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Murojaatnomani O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov o‘qib eshittirdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Hurmatli mehmonlar, Valday klubining X Osiyo anjumanini ishtirokchilari, olimlar va ekspertlarni qabul qilish biz uchun katta sharaf. O‘zbekistonning hosildor va mehmondo‘st zaminiga xush kelibsiz.

Ushbu anjuman Samarqandda bo‘layotgani bejiz emas. Bu shaharda asrlar davomida G‘arb va sharq madaniyati bir birini boyitib, yangi ilmiy g‘oya va bilimlar yartilib kelgan. Dunyo Sivilizatsiyasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Samarqand, bugungi kunda ham xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. So‘nggi 2-yil ichida bu yerda xavfsizlik mavzusida bir necha muhim yuqori darajali xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Bugungi uchrashuv ham ana shunday ochik va o‘zaro tushunish ruhida bo‘lib o‘tishiga ishonaman.  

Valday klubining har bir anjumani, butun dunyo jamoatchiligi va mutaxassislarining katta qiziqishini uyg‘otadigan yirik hodisa hisoblanadi. O‘ylaymanki, bugun muhokama qilinadigan, Yevroosiyo qita’asida sodir bo‘layotgan murakkab o‘zgarishlarga bag‘ishlangan anjuman ham ana shunday sermahsul bo‘ladi va kelajak hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab beradi.    

Yevroosiyo hududida va umumiy geosiyosatda Markaziy Osiyoning roli kuchayib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan, qisqa vaqt ichida hududda mutlaq yangi do‘stlik va qo‘shnichilik muhiti yaratildi. O‘zaro siyosiy ishonch darajasi ortishi natijasida hayotiy muhim va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkoni paydo bo‘ldi. Davlat chegaralari, suvdan foydalanish va savdo masalalarida o‘zaro murosali kelishuvlarga erishilgan.

O‘zbekiston ko‘p qirrali hududiy hamkorlikni kengaytirish tarafdoridir. Bizning asosiy maqsadimiz – Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan, tinchlik va hamkorlik hududiga aylantirishdir.  

Global xavfsizlik uchun ham bu juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hamkorlik butun Yevroosiyo kontineti rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuningdek, hudud davlatlarining dunyo mamlakatlari va birinchi navbatda Rossiya bilan o‘zaro foydali va teng huquqli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning ishonchli hamkori va ittifoqchisidir. Bizning munosabatlar tarixiy do‘stlik va hamkorlik rishtalariga asoslangan holda yangi amaliy mazmun bilan to‘lib bormoqda. O‘zbekiston Rossiya ushbu munosabatlar  potensialdan imkon qadar kengroq foydalanshni istaydi. Xususan savdo, sanoat hamkorligi, sarmoyalar, investitsiyalar va va inovatsiyalyar, qishloq xo‘jaligi hamda yirik hududlararo loiyhalarda ishtirok etish, madaniyat va ta’lim sohasida munosabatlarni rivojlantirish shular jumlasidan.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari Valday klubining 10 anjumani davlatlarimiz olimlari va eskpertlari orasida mavjud munosabatlarni mustahkamlab yangi rishtalar paydo bo‘lishiga olib keladi deb ishonaman. Sizlarga sermahsul va muvaffaqiyatli ish hamda Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy va doimo navqiron Samarqanddan unutilmas taasurotlar olishni tilab qolaman.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0