O‘zbekistonda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari ochiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMolodojeni v Samarkande
Molodojeni v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman (shahar)larida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etish taklifi tayyorlandi.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Molodojeni raspisivayutsya na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti nikoh yoshini tasdiqladi

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman (shahar)larida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada yozilishicha, markazlarning asosiy vazifalari:

- zamonaviy oilaning namunali shaklini xamda “Oila jamiyat va davlat ximoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini, “Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyasini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

- nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

- nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashish;

- mashg‘ulotlar, nazariy-amaliy kurslar, mahorat saboqlari, davra suhbatlari, seminar-treninglarni ilg‘or ijobiy xorijiy tajribalarni inobatga olib, o‘quv jarayoniga eng so‘nggi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va reklama-axborot usullarini joriy etgan holda tashkil etish;

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Ayollar va erkaklar nikoh yoshi tenglashtirildi

- yosh oila holati va rivojlanishini har tomonlama o‘rganish, jumladan monitoring tadqiqotini tashkil etish.

Hujjatga yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari to‘g‘risida nizom loyihasi ilova qilingan.

“FHDYo organi tomonidan nikohga kirish uchun ariza bergan shaxslarga markazlarda bepul va ixtiyoriylik asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi: oilaviy-huquqiy munosabatlar; oilaviy turmush psixologiyasi; reproduktiv salomatlik asoslari; ota-onalik ijobiy ko‘nikmalari; iqtisod va oila budjeti; ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar.

FXDYo organi tomonidan har 10 kunda o‘qishga rozilik bergan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi va Markazga taqdim etiladi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0