TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Boliviyada namoyishchilar sobiq prezident Evo Moralesning uyiga bostirib kirishdi. Namoiyshchilar uyni ag‘dar-to‘ntar qilishdi.
Uy ag‘dar-to‘ntar qilingan: mebel va oynalar sindirilgan va devorlar chizib tashlangan.
La casa de Evo Morales saqueada y destrozada por los fascistas, mientras él huye a Argentina. Alfombra roja al fascismo para que persiga a todo el que le de la gana sin resistencia. pic.twitter.com/wFdaolSboo
— BajoElCieloDeMoscú (@VuelvaLaURSS) 10 noyabrya 2019 g.
Video “Evo Morales uyi talon-taroj qilinib, vayron qilindi”, - degan izoh bilan joylashtirildi.
Ommaviy noroziliklardan so‘ng 10-noyabr kuni Boliviya prezidenti Evo Morales iste’foga chiqishini e’lon qildi. Unda keyin vitse-prezident Alvaro Garsia Linera, senat rahbari Adriana Salvatyerra va boshqalar ishdan ketdi.
Boliviya senat raisi iikinchi o‘rinbosari, muholifat vakili Janin Anyes mamlakat rahbari vakolatlari unga o‘tganini ma’lum qildi.
Boliviya politsiyasiga sobiq prezidentni hibsga olish haqida buyruq berildi. Morales esa uni noqonuniy deb hisoblamoqda.