O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalarga ruxsat berildi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishMolodie mami v poslerodovom otdelenii
Molodie mami v poslerodovom otdelenii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Bunda, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi.

2020 yil 1-iyuldan boshlab Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0