TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Aktor va "Pole chudes" (“Mo‘’jizalar maydonchasi”) ko‘rsatuvining boshlovchisi Leonid Yakubovich jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda REN TV xabar qildi.
Telekanal xabariga ko‘ra, taniqli boshlovchiga kardiostimulyator o‘rnatilgan.
"Pole chudes" boshlovchisi ta’tildan nogironlar aravachasida qaytdi
Ma’lum bo‘lishicha, 74 yoshli boshlovchi sog‘lig‘idan shikoyat qilib, Moskvadagi klinikalardan biriga murojaat qilgan. Jarrohlikdan so‘ng bir kun o‘tib unga javob berilgani aytilmoqda.