Otabek Umarov Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

© Instagram/Uzbekistan MMAAOtabek Umarov izbran glavoy Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv
Otabek Umarov izbran glavoy Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor yangi aralash jang san’ati assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Unga prezidentning kenja kuyovi rahbar etib saylandi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati assotsiatsiyasi tashkil qilindi.

Mazkur assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan Otabek Umarov saylandi. Bu haqda assotsiatsiyaning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, assotsiatsiyaning saylangan rahbari GFC XX musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar bilan uchrashib, mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich)

Otabek Umarov rahbarlik qilish ma’suliyati unga ishonib topshirilgani uchun o‘z minnatdorligini izhor etgan.⠀Yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil etilishi bilan endi o‘zbekistonlik sportchilar o‘zlarini ko‘rsatish uchun katta imkoniyatga ega bo‘lganliklarini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasida ham rahbar sifatida faoliyat olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0