TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 9-noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa JCh—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-noyabrdan boshlab yig‘inga kirishgan.
Mazkur yig‘in doirasida jamoa Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaTerma jamoa bugungi bahsni quyidagi tarkibda boshlaydi.
Terma jamoa bugungi bahsni quyidagi tarkibda boshlaydi.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).