“Hozirdanoq yaxshiroq yashashni xohlaymiz”: Ⱪudratxo‘jayev saylovdan kutayotganlari borasida

© Iz lichnogo arxiva Sherzoda KudratxodjayevaJurnalist, politolog, predsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev
Jurnalist,  politolog, predsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist, siyosatshunos, Xalqaro press-klub rahbari Ⱪudratxo‘jayev Sputnik agentligiga O‘zbekiston saylovlarga qanday tayyorlanayotgani hamda partiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar foydasi va ular bir biriga nima sababdan takalluf ko‘rsatishga majbur emasligi xaqida so‘zlab berdi.

- Sherzodxon Tojiddinovich, saylovlar qanday yoritilishi, nechta jurnalist taklif etilgani xaqida so‘zlab bersangiz

- Bu  Markaziy saylov komissiyasi uchun muhim savollardan biri, chui,nki yoritilishga ko‘p narsa bog‘liq. Manzarani to‘laligicha yoritib beradi. Misol uchun, bu yilgi kuz – juda omadl ranglarga boy yomg‘irlarsiz. Shunday rangbaranglikni bizning siyosiy manzaramizda ham bo‘lishini xoxlaymiz.

Jurnalistlarni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi taklif qiladi, lekin ichki tartiblarni nazarda tutsak, MSK qoshida qariyb 500 nafar jurnalist akkreditatsiyadan o‘tishga ulgurdi. Bizning matbuot markazimiz ular bilan ishlamoqda. Shu bilan birga jurnalistlarni yana ham faolroq bulishga chorlagan bo‘lardim. Nimaga? Hozirgi kunda O‘zbekistonda OAV bo‘linishi kuzatilyapti: ulushi va auditoriyasi kamayib borayotgan davlat OAVlari, shuningdek, aksincha ulushi va auditoriyasi kengayayotgan nodavlat OAVlari bor. Biroq, nodavlat OAVlari negadur o‘z e’tiborini ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarga qaratapti. Men hamkasblarimga saylovlarni ahamiyatliligini eslatib o‘tmokchiman.

Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

Saylovlar – bu demokratiyaning fuqarolarning o‘z davlatini boshqaruvida ishtirok etishi uchun chinakam qurol. Buni biz qancha ertaroq anglasak, shuncha yaxshiroq bo‘ladi. Chunki parlament bir vaqtni o‘zida xam yuqori vakillik organi xamda yuqori qonun chiqaruvchi organ va unga ko‘proq yaxshi huquqshunoslar, yaxshi iqtisodchilar, umuman olganda har sohadagi yuqori malakali mutaxassislar kerak.

- Parlamentariylarimizning oxirgi yillardagi faoliyatini qanday baholaysiz?

- O‘zgarish sur’ati ravshan. Avvallari agar parlamentga tayyor qonun loyihalari kelganida, ular aksariyati so‘zsiz qabul qilinardi. Hozir esa parlament “itoatsiz” bo‘lib qoldi. Parlament avvalgidek  emas. Misol uchun, yaqinda sud zalidan onlayn-translyatsiya o‘tkazish xakida qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar uni rad etishdi, ko‘rib chiqishni xohlashmadi. Bu ularning shaxsiy xayot siri va boshqa juda muhim jihatlar to‘g‘risida nuqtayi nazari. Bosh prokuror, bosh vazir o‘rinbosarlari ham o‘tkir savollar berapti, u yoki bu vaziyatlardan noroziligini bildirishapti. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva biror holatda norozi bo‘lsa, ayniqsa, gender tenglikka taalluqli holatlarda, o‘z nuqtayi-nazarini jon-jaxdi bilan himoya qiladi.

- Parlament saylovlari prezident saylovlaridan nimasi bilan farq qiladi? E’tiborga molik tomoni nimada?

- Albatta, ular o‘rtasida farq katta.  Ⱪiyoslash mumkin emas. Chunki prezident saylovlari – bu davlat rahbari saylovlari, biz bundan uch yil oldin o‘tdik. Bu holatda Markaziy saylov komissiyasiga ishlash osonroq: nomzodlar soni oz. Fuqarolarga ham tanlash osonroq kechadi. Ⱪonun chiqaruvchi organ saylovlari holatida saylov okruglari soni 150 tagacha ko‘payadi. Bundan tashqari siyosiy partiyalarining tumanlar mavqe’idan respublika mavqe’igacha faolligi muxim. Va bunga mos holda 150t a komissiya 150 ta komissiya raislarini, ularning 150 dan ortiq o‘rinbosarlarini, minglab saylov uchastkalarini qamrab oladi. O‘zbekistonga yaqinda qish kirib keladi, lekin fevral oyigacha  bu yerda “qaynoq” holat bo‘ladi. Elektorat ham bu jarayonga qo‘shilishi shart.

O‘zbekiston respublikasi parlament saylovlari: chet davlatlarda 53 uchastka ochiladi.

Xudoga shukur, davlatimizda “siyosiy afzallik” termini paydo bo‘lyapti. Rossiya ushbu davlarni boshidan o‘tkazib bo‘ldi. Kimdir Jirinovskiyni, kimdir Zuganovni afzal ko‘radi. O‘zbekistonda xam shunday shaxslar paydo bo‘lyapti.

Bu yil saylovlarda ko‘pchilik xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Avvallari kuzatuvchilar orasida ko‘pincha siyosatdan yiroq bo‘lgan yirik ishbilarmonlarni kuzatish mumkin bo‘lgan bulsa, bu safar hayoti parlament, siyosat, siyosiy partiyalar, davlat hukumati institutlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan odamlar tashrif buyuradilar. Bu juda muhim, chunki ular xolis, asosli baho beradilar.

RFdagi O‘zbekiston saylov uchastkalari  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada turib O‘zbekiston deputatlarini saylash imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Xelsinkida qabul qilingan barcha xujjatlar tartibini va Demokratik institutlar va inson xuquqlari buyicha Buroning xujjatlariga kiritilgan 7 ta tamoyillarga amal kilib kelmokda. Birdan bir maqsadimiz – insonlar o‘zlari ixtiyoriy ravishda saylovlarga kelishi va har bir inson o‘z ovozini berish imkoniyatiga ega bo‘lishi.

- Nima deb o‘ylaysiz, saylovlar natijasida ichki siyosiy nizolar vujudga keladimi?

- O‘zingiz amin bo‘lyapsizki, partiyalar bir birlari bilan to‘qnasha boshladilar, nizolar vujudga kela boshladi. Oldinlari bunday holatlar kuzatilmagan. Bu juda yaxshi. Chunki demokratiya plyuralizm, ko‘pfikrlikka asoslangan. Ba’zan, manfaatlar mojarosiga. Nega bo‘lmasin? Partiyalar bizning jamiyat rivojlanishiga xizmat qilishlari kerak. Fuqarolik jamiyati rivojlanishiga. Oddiy insonlarni hayotini yaxshilashga. Shuning uchun gap chuqur islohotlar to‘g‘risida ketganda biz bir birimiz bilan chuvalashib yurishimiz va bir birizga takallufimiz oshiqcha deb o‘ylayman.

Mening ishonchim komil, partiyalar rahbarlari, ayrim davlatlarda bo‘layotgani kabi, bir birini pastga urishmaydi, - axloqiy normalarga amal qilish kerak. Lekin qarashlari har xil bo‘lishi mumkin.

- Saylovlardan keyin nimalar o‘zgaradi?

- O‘ylaymanki, bu to‘hrisida gapirish hali erta. Chunki saylov kampaniyasi bir necha kundan keyin boshlanadi, 17-noyabr kuni. Shundagina nomzodlarni ko‘rishimiz mumkin. Men hozircha ularni bilmayman.

Shu bilan birga ta’kidlab o‘tishim kerakki, kelayotgan saylovlarning shiori – “Yangi O‘zbekiston: yangi saylovlar”. O‘ylaymanki, bu saylovlarga jalb qilinganlar hamma narsani tushunib turishipti. Va ular farzandlarini yorqin hayoti xususida umidlar ro‘yobini kutib o‘tirishi o‘laroq haqiqatdan ham yaxshiroq hayot kechirishni istashmoqda.

Biz hozirdanoq yaxshiroq yashashni xohlaymiz.

Yangiliklar lentasi
0