Soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan bir guruh shaxs ushlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKabinki pasportnogo kontrolya
Kabinki pasportnogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari soxta pasport bilan mamlakat hududiga kirmoqchi bo‘lgan Shri-Lanka fuqarolarini qo‘lga oldi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Bir guruh shaxslar qalbaki Malayziya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar qilmoqda.

Videoekskursiya po novomu terminalu aeroporta Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi

Xabarda qayd etilishicha, 8-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida 6 nafar shaxs taqdim etgan Malayziya pasportlari tekshirilgan va qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli organ vakillari o‘tkazgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0