Nukusda Veterinariya texnikumi tashkil etildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishChelyabinskaya veterinarnaya stansiya
Chelyabinskaya veterinarnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Sobranie posvashennoe razvitiyu selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha prezident taklifi

Chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, Filial bakalavriatiga 2020/21-2022/23 o‘quv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlarida 5-yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar bo‘yicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda veterinariya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan OTM filiali ish boshlashi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0