TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Bugun, 8-noyabr kuni kech soat 24:00 ga qadar respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, uzilish “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning 450 MVt quvvatga ega elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan energoblogidagi ta’mirlash ishlari sabab kuzatiladi.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.