TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Internet tarmog‘ida haydovchilar o‘rtasida yuzaga chiqqan kelishmovchilik aks etgan video tarqalib, unda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgani aks etgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida.
Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi.
Navoiyda fuqaro IIB xodimini yo‘lning qoq o‘rtasida do‘pposladi
Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ikkita avtomobillar haydovchilari bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan.
Janjal davomida "Matiz" avtomobili haydovchisi "Kobalt" avtomobilini boshqargan fuqaroga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.
Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.